Marketing Issue 3 (2026)
KOMMUNAL XIZMATLAR TIZIMINING IQTISODIY XUSUSIYATLARIVA ULARNING UY-JOY FONDIDAGI ROLI
Muminov Obidjon Odilovich
Abstract
Mazkur maqolada koʻp xonadonli uy-joy fondida kommunal xizmatlar koʻrsatishtizimining iqtisodiy mohiyati hamda uning infratuzilma tizimidagi oʻrni nazariyjihatdan tahlil qilingan. Kommunal xizmatlar tizimining asosiy iqtisodiy xususiyatlari,jumladan kapital talab qiluvchanlik, uzluksizlik, tabiiy monopoliya xususiyati, ijtimoiyahamiyati hamda davlat tomonidan tartibga solinishi kabi jihatlar yoritilgan.Shuningdek, kommunal xizmatlar sifati tushunchasi, uni baholash mezonlari hamdakoʻp xonadonli uy-joy fondida xizmatlar sifatini taʼminlashga taʼsir etuvchi omillartahlil etilgan. Tadqiqot natijasida kommunal xizmatlar tizimining samaradorligi uy-joyfondini boshqarish mexanizmlari, muhandislik infratuzilmasining texnik holati hamdatashkiliy-iqtisodiy omillar bilan chambarchas bogʻliqligi asoslab berilgan.
kommunal xizmatlar, koʻp xonadonli uy-joy fondi, kommunal infratuzilma, xizmat sifati, kommunal xizmatlar tizimi, uy-joy fondini boshqarish, tabiiy monopoliya, infratuzilma iqtisodiyoti.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.