Marketing Issue 3 (2026)
TURIZM QISHLOGʻI KONSEPSIYASINING QISHLOQ TURIZMI VAMEHMONXONA FAOLIYATI INTEGRATSIYASI NUQTAYI NAZARIDANNAZARIY YONDASHUVLARI
Xudaynazarova Dilorom Xayrullaevna
Abstract
Mazkur maqolada turizm qishlogʻi konsepsiyasi qishloq turizmi, mahalliyhamjamiyatga asoslangan turizm (community based tourism, CBT), barqaror turizm,turistik manzil boshqaruvi va mehmonxona faoliyati integratsiyasi nuqtai nazaridannazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi turizm qishlogʻini faqat hududiyyoki etnografik birlik sifatida emas, balki koʻp subyektli boshqaruv, tunab qolishgayoʻnaltirilgan xizmatlar zanjiri, mahalliy ishtirok va barqaror rivojlanish tamoyillarigaasoslangan kompleks turistik manzil modeli sifatida talqin qilishdan iborat. Tadqiqotdatizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, kontent tahlil va konseptual sintez usullaridanfoydalanildi. Natijada qishloq turizmi turizm qishlogʻining resurs va tajriba bazasini,hamjamiyatga asoslangan turizm mahalliy ishtirok mexanizmini, barqaror turizmrivojlanish mezonlarini, turistik manzil boshqaruvi koordinatsiya va bozorga chiqarishmexanizmini, mehmonxona faoliyati esa mazkur tizimning markaziy infratuzilmaviyva iqtisodiy boʻgʻinini shakllantirishi asoslab berildi. Maqolada Oʻzbekiston sharoitidaturizm qishlogʻi modelini ilmiy asoslash uchun mualliflik konseptual yondashuvi taklifetiladi.
turizm qishlogʻi, qishloq turizmi, hamjamiyatga asoslangan turizm, barqaror turizm, turistik manzil boshqaruvi, mehmonxona faoliyati, oilaviy mehmon uylari, qishloq hududlari.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.