Marketing № 6 (2025)
XORIJIY MAMLAKATLARDA INVESTITSIYA JARAYONLARINI HUDUDIY BOSHQARISH TAJRIBASI VA UNI NAMANGAN VILOYATI SHAROITIDA QOʻLLASH IMKONIYATLARI
Ibrohimov Behzodbek Baxromjon oʻgʻli
Аннотатсия
Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda investitsiya jarayonlarini hududiy boshqarishning samarali mexanizmlari tahlil qilinib, ularni Namangan viloyati sharoitida qoʻllash imkoniyatlari ilmiy asosda baholanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini oʻrganish orqali hududiy investitsiya siyosatini takomillashtirishning optimal yoʻnalishlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot doirasida Janubiy Koreya, Polsha va Xitoy misolida investitsiya resurslarini hududiy boshqarishning institutsional, fazoviy va iqtisodiy mexanizmlari oʻrganilib, ularning samaradorlikka taʼsiri tahlil qilinadi. Metodologik jihatdan taqqoslamali tahlil, tizimli yondashuv va iqtisodiy-mantiqiy usullar qoʻllanilib, xorijiy tajriba asosida hududiy investitsiya boshqaruvining model variantlari ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, investitsiya jarayonlarini samarali boshqarish uchun infratuzilma rivoji, institutsional muhit va hududiy differensial siyosat hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Maqolada Namangan viloyati sharoitida xorijiy tajribani moslashtirish boʻyicha aniq ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
investitsiya jarayonlari, hududiy boshqaruv, xorijiy tajriba, Namangan viloyati, mintaqaviy rivojlanish, investitsiya siyosati, institutsional mexanizm, infratuzilma, iqtisodiy samaradorlik, fazoviy yondashuv, investitsiya taqsimoti, iqtisodiy oʻsish, hududiy nomutanosiblik.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.