Marketing № 7 (2025)
NAMANGAN VILOYATI TUMANLARIDA INVESTITSIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Ibrohimov Behzodbek Baxromjon oʻgʻli
Аннотация
Mazkur maqolada Namangan viloyati tumanlarida investitsiya resurslaridan foydalanish samaradorligi iqtisodiy-statistik va ekonometrik yondashuvlar asosida baholanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – hududlar kesimida investitsiya resurslarining qaytimi va ulardan foydalanish samaradorligidagi tafovutlarni aniqlash hamda bu farqlarni shakllantiruvchi omillarni ilmiy asoslashdan iborat. Metodologik jihatdan Data Envelopment Analysis (DEA) modeli orqali tumanlarning nisbiy samaradorlik koʻrsatkichlari hisoblab chiqiladi va keyingi bosqichda ularning determinantlari regressiya tahlili yordamida aniqlanadi. Tadqiqot natijalari investitsiya resurslarining hududiy taqsimlanishida sezilarli nomutanosiblik mavjudligini va samaradorlik darajasi infratuzilma rivoji, inson kapitali hamda iqtisodiy faollik darajasiga bevosita bogʻliqligini koʻrsatadi. Shuningdek, maqolada hududiy investitsiya siyosatini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
investitsiya samaradorligi, DEA modeli, hududiy rivojlanish, Namangan viloyati, tumanlar kesimi, investitsiya resurslari, iqtisodiy oʻsish, samaradorlik tahlili, ekonometrik model, infratuzilma, inson kapitali, hududiy nomutanosiblik, regressiya tahlili.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.