Marketing № 2 (2026)
OLIY TAʼLIM MUASSASALARINI BOSHQARISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING ILMIY YONDASHUVLARI
Nizamova Shoira Isamiddinovna
Аннотатсия
Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarini boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ilmiy yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqotda inson kapitali nazariyasi va bilim iqtisodiyoti asosida universitetlarning strategik rivojlanish modeli oʻrganildi. Universitet 3.0 konsepsiyasi doirasida taʼlim, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar integratsiyasi, moliyaviy mustaqillik hamda natijalarni iqtisodiyotga transfer qilish mexanizmlari baholandi. Institutsional va barqaror rivojlanish yondashuvlari oliy taʼlim tizimi samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish omili sifatida aniqlangan. Tadqiqot natijalari milliy islohotlar jarayonida ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarini shakllantirishga xizmat qilgan.
oliy taʼlim boshqaruvi, inson kapitali, bilim iqtisodiyoti, Universitet 3.0, barqaror rivojlanish, innovatsiya.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.