Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 3-нөмір (2026) · 25-30-беттер
O‘ZBEK VA INGLIZ MADANIYATIDA “SAXIYLIK/GENEROSITY” KONSEPTINING KOGNITIV-SEMANTIK MODELI: NAZARIY ASOSLAR VA MEZONLAR
Sultanova, Khurshida, Султанова, Хуршида, Sultanova, Xurshida
Аңдатпа
Ushbu maqola o‘zbek va ingliz madaniyatlarida “saxiylik/generosity” konseptini tadqiq etishning nazariy asoslarini tizimli ravishda yoritadi. Tadqiqotning maqsadi konseptni lingvomadaniy birlik sifatida tahlil qilishda qo‘llaniladigan yondashuvlar (kognitiv semantika, lingvomadaniyatshunoslik va konseptologiya) doirasida qiyosiy tadqiqot uchun tayanch mezonlarni aniqlash hamda “saxiylik” konseptining struktur modelini (yadro–periferiya) asoslashdan iborat. Metodologik asos sifatida ilmiy adabiyotlar sharhi, definitsion (lug‘aviy) tahlil, komponent tahlil, konseptual-metaforik tahlil va semantik maydon yondashuvi qo‘llandi; natijalarni aniqlashtirish uchun o‘zbek va ingliz tilidagi tanlangan badiiy hamda publitsistik matnlarda konseptning diskursiv namoyon bo‘lishi kuzatildi.
kognitiv semantika, leksik-semantik maydon (yadro–periferiya), konseptual metafora, qiyosiy lingvistika, baholovchi semantika, antonimiya (qarama-qarshi qatorlar).
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.