Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 3 (2026) · Саҳифаҳои 317-324
PSIXOLINGVISTIKANING RIVOJI VA UNDA MATN TAHLILI MASALASI
Najmiyeva, Pulоtоy, Нажмиева, Пулотой, Najmiyeva, Po‘lotoy
Аннотатсия
Maqolada psixolingvistika fanining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning yetakchi namoyondalarining ilmiy qarashlari atroflicha yoritilgan. Xususan, til va tafakkur munosabati, nutqiy faoliyat mexanizmlari hamda individual va ijtimoiy omillarning tilga ta’siri psixolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, matn tahliliga oid nazariy yondashuvlar, jumladan, matnni yaratish va idrok etish jarayonlari, intertekstuallik, mazmuniy persepsiya hamda kognitiv va pragmatik omillar asosida keng ko‘rib chiqiladi. Maqolada badiiy matnlar misolida muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabat, matnning ko‘p qatlamli mazmuni va uning o‘quvchi ongida qayta shakllanish jarayoni tahlil etiladi. Shuningdek, psixolingvistikaning zamonaviy yo‘nalishlari, jumladan, kognitiv va antropotsentrik yondashuvlar asosida matn tadqiqining dolzarb masalalari yoritiladi. Mazkur tadqiqot psixolingvistika va matnshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni boyitish, shuningdek, matnni tahlil qilishda yangi nazariy va amaliy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
psixolingvistika, matn yaratuvchi, matnni idrok etuvchi, intertekstuallik, uyg‘unlashuv.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.