Marketing № 2 (2026)
MINTAQADA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
Suyunov Jabbor Mahmud oʻgʻli
Аннотация
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati misolida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqotda hududiy bandlik ko‘rsatkichlari, tarmoqlar kesimidagi tarkibiy o‘zgarishlar va innovatsion omillarning korxonalar faoliyatiga ta’siri o‘rganildi. Ekonometrik yondashuv asosida innovatsion texnologiyalar, marketing va yashil tadbirkorlikning daromad va bandlikka ta’siri baholandi. Natijalar qishloq xo‘jaligi sektorining ustunligini, sanoat va xizmatlar ulushini oshirish zarurligini ko‘rsatdi. Hududlar ixtisoslashuvi asosida klaster yondashuvi qo‘llash samarali ekanligi aniqlandi. Olingan xulosalar asosida kichik biznesni rivojlantirish, bandlikni kengaytirish va hududiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, bandlik, hududiy iqtisodiyot, innovatsiya, ekonometrik tahlil, klaster, daromad.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.