Marketing Issue 9 (2025)
HUDUDIY IJTIMOIY TABAQALASHUVNI IKKI DARAJALI KOMPOZIT INDEKS ASOSIDA BAHOLASHGA ILMIY-USLUBIY YONDASHUVLAR
Ismailov Azizbek Ruzimaxammatovich
Abstract
Mazkur maqolada hududiy ijtimoiy tabaqalashuvni baholashning ikki darajali kompozit indeks tizimi ishlab chiqildi va uning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilindi. Tadqiqotda Sen-Alkire-Foster qobiliyatlar yondashuvi hamda Gini-Theil tengsizlik modeli yagona integratsiyalashgan tizimda birlashtirildi. Hududlarning ijtimoiy holatini baholash uchun HITHI indeksi, hududlararo tafovutlarni aniqlash uchun esa ITI indeksi qoʻllanildi. Empirik tahlillar Oʻzbekiston hududlari misolida amalga oshirildi va hududlar oʻrtasidagi ijtimoiy tafovutlarning dinamikasi baholandi. Tadqiqot natijalari hududiy siyosat samaradorligini oshirish, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash hamda statistik monitoring tizimlarini takomillashtirish uchun ilmiy-amaliy asos yaratdi.
hududiy tabaqalashuv, kompozit indeks, HITHI, ITI, tengsizlik, geometrik agregatsiya, statistik tahlil, Oʻzbekiston, Gini-Theil, Sen-Alkire-Foster.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.