Marketing 3-san (2026)
TEMIR YOʻL TRANSPORTI SOHASIDA YUZAGA KELADIGAN RISKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI
Maxmudov Xayrullo Olimovich
Annotaciya
Mazkur ilmiy maqolada temir yoʻl transporti tizimida yuzaga keladigan risklarning iqtisodiy, texnik, operatsion va axborot xavfsizligi bilan bogʻliq jihatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida risklarning kelib chiqish sabablari tizimli yondashuv asosida oʻrganilib, ularni baholash va boshqarishning zamonaviy mexanizmlari yoritib berilgan. Temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda inson omilini takomillashtirish orqali xavflarni kamaytirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari transport tizimining barqarorligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
temir yoʻl transporti, risklarni boshqarish, transport xavfsizligi, infratuzilma, operatsion risklar, kiberxavfsizlik, raqamlashtirish, logistika samaradorligi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.