Marketing 5-son (2026)
YANGI OʻZBEKISTON IQTISODIYOTIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGI:HUQUQIY VA INSTITUTSIONAL YONDASHUV
Xusаnоvа Zulfiyа Rаhmаtullаevnа
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorliginirivojlantirishning huquqiy va institutsional asoslari tahlil qilindi. Tadqiqot davomidagender tengligini taʼminlashga qaratilgan qonunlar, Prezident farmonlari hamdaayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarining iqtisodiy faollikka taʼsiri oʻrganildi. Xotinqizlar uchun imtiyozli kreditlar, kasb-hunar kurslari, grantlar va davlat jamgʻarmalarifaoliyati tizimli ravishda baholandi. Shuningdek, “Ayollar daftari”, “Hamroh” dasturiva moliyaviy kodeks mexanizmlarining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi oʻrni yoritildi.Tadqiqot natijalari ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha huquqiy vamoliyaviy mexanizmlar iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, bandlikni oshirishhamda hududlarda biznes muhitini rivojlantirishga xizmat qilganini koʻrsatdi.
ayollar tadbirkorligi, gender tengligi, huquqiy mexanizm, institutsional yondashuv, imtiyozli kredit, bandlik, kichik biznes, iqtisodiy faollik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.