Marketing № 5 (2026)
MINTAQA IQTISODIYOTIDA TIBBIY XIZMATLARNING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI
Sapayev Azamat Rustamovich
Аннотатсия
Maqolada mintaqa iqtisodiyotida tibbiy xizmatlarning rivojlanish imkoniyatlari va ularning iqtisodiy samaradorlikka taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqotda Xorazm viloyati misolida tibbiyot infratuzilmasi, tibbiy muassasalar soni, kadrlar salohiyati va xususiy sektor dinamikasi statistik maʼlumotlar asosida baholangan. Tahlil natijalarida shifoxonalar va ambulatoriya muassasalari sonining ortishi aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirgani aniqlangan. Raqamli texnologiyalar, elektron tibbiyot tizimlari va ixtisoslashgan xizmatlarning rivojlanishi tibbiy xizmatlar sifatini oshirgani qayd etilgan. Tadqiqot tibbiyot sohasining inson kapitalini rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va hududiy iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini asoslagan.
tibbiy xizmatlar, mintaqa iqtisodiyoti, sogʻliqni saqlash, inson kapitali, tibbiy infratuzilma, xususiy sektor, raqamli tibbiyot, iqtisodiy samaradorlik.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.