Marketing Issue 5 (2026)
KORXONALARDA RAQAMLI PLATFORMALAR ASOSIDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI
Tohirjon Olimjonovich Maxmudov
Abstract
Mazkur tadqiqotda korxonalarda raqamli platformalar asosida marketingkommunikatsiyalarini takomillashtirish masalalari oʻrganildi. Tadqiqot davomidaTelegram, Instagram va YouTube platformalarining marketing faoliyatidagi oʻrni tahlilqilindi. “Tekstil Libos” MChJ misolida ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriya faolligi,kontent koʻrsatkichlari va savdo hajmi oʻrtasidagi bogʻliqlik baholandi. Marketingkommunikatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun savdo hajminingoʻsish surʼati, mijozlarni jalb qilish qiymati va marketing rentabelligikoʻrsatkichlaridan foydalanildi. Natijalar raqamli platformalardan tizimli foydalanishbrend imijini mustahkamlaganini, isteʼmolchilar bilan muloqotni faollashtirganini vamarketing qarorlarining samaradorligini oshirganini koʻrsatdi. Tadqiqot korxonalardaraqamli marketing strategiyasini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalarnishakllantirdi.
raqamli marketing, marketing kommunikatsiyalari, Telegram, Instagram, YouTube, brend imiji, kontent strategiyasi, savdo hajmi, auditoriya faolligi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.