Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 4 (2026) · pp. 235-238
ZAMONDOSH OBRAZ MUAMMOSI : (TOG‘AY MUROD IJODI MISOLIDA)
Jumaniyazova, Nasiba, Sadikova, Sevinch, Жуманиязова, Насиба, Садикова, Севинч, Jumaniyazova, Nasiba, Sadikova, Sevinch
Abstract
Mazkur maqolada zamondosh obrazning nazariy mohiyati integrativ yondashuv asosida yoritiladi. Adabiyotshunoslikda ushbu obraz turining ijtimoiy, psixologik va empirik jihatlari ko‘pincha alohida talqin qilinadi. Maqolada esa ular yagona konsept doirasida birlashtiriladi. Xususan, Georg Lukacsning ijtimoiy tip nazariyasi, Sigmund Freudning psixologik yondashuvi hamda Hippolyte Tainening muhit va davrga asoslangan qarashlari metodologik asos sifatida olinadi. Ushbu nazariy model Togʻay Murod asarlari misolida amaliy jihatdan asoslanadi.
Zamondosh obraz, badiiy obraz, ijtimoiy tip, prototip, psixoanaliz, realizm, sotsiologik yondashuv, ijodkor laboratoriyasi, Togʻay Murod, o‘zbek nasri.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.