Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 4-нөмір (2026) · 107-113-беттер
AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN BOLALARDA KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRUVCHI KORREKSION-LOGOPEDIK ISH NATIJALARI
Ostonova, Ramziya, Остонова, Рамзия, Ostonova, Ramziya
Аңдатпа
Ushbu maqolada autizm spektri buzilgan bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi korreksion-logopedik ish eksperimenti va undan keyingi natijalar haqida ma’lumot beradi. Tadqiqot jarayonida autizm spektri buzilgan bolalar bilan olib borilgan korreksion-logopedik ishlar individual yondashuv asosida tashkil etilib, kommunikativ faoliyatni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratildi. Eksperiment davomida verbal va noverbal muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va maxsus metodikalarning integratsiyalashgan qo‘llanilishi samaradorligi aniqlandi. Olingan natijalar bolalarda ijtimoiy muloqotga kirishish faolligi ortganini, emotsional ifodalar va muloqotga javob berish tezligida ijobiy o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rsatdi. Shuningdek, tadqiqot natijalari autizm spektri buzilgan bolalar bilan ishlashda kompleks yondashuv va individual korreksion dasturlarni qo‘llashning muhimligini tasdiqladi.
autizm spektri buzilishi, kommunikatsiya, verbal, noverbal, ijtimoiylashuv, xulq-atvor, sharhlash, axborot berish, hissiy holat
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.