Marketing Issue 6 (2026) · pp. 38-44
KORXONA DARAJASIDA INVESTITSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI KOMPLEKS BAHOLASH
Tolipova Baxtigul Farxodovna
Abstract
Mazkur tadqiqotda korxona darajasida investitsion faoliyat samaradorligini kompleks baholash masalalari tahlil qilindi. Tadqiqot investitsiya qarorlarining korxona raqobatbardoshligi va moliyaviy natijalariga taʼsirini baholashga qaratildi. Diskontlangan pul oqimi konsepsiyasiga asoslangan dinamik koʻrsatkichlar, statik moliyaviy mezonlar hamda balanslashtirilgan koʻrsatkichlar tizimi yagona metodik yondashuv doirasida oʻrganildi. Koʻp mezonli baholash usuli yordamida moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlarni integratsiyalash imkoniyatlari asoslandi. Tahlil natijalari investitsion loyihalarni tanlashda NPV, IRR, rentabellik va strategik koʻrsatkichlardan birgalikda foydalanish baholash aniqligini oshirganini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv korxonalarda investitsiya resurslaridan samarali foydalanish va boshqaruv qarorlarini takomillashtirishga xizmat qildi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.