Marketing Issue 5 (2026)
OʻZBEKISTON TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI B2B BOZORI VA UNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Sapayeva Nilufar Kadambayevna
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari B2B bozorining tarkibiy tuzilishi, rivojlanish tendensiyalari va eksport salohiyati tahlil qilindi. Tadqiqotda tarmoqning xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot eksportigacha boʻlgan qiymat zanjiri oʻrganildi. Tahlil natijalari eksport hajmi, korxonalar soni va qayta ishlash darajasi barqaror oʻsganini koʻrsatdi. Raqamli transformatsiya, klaster integratsiyasi, ekologik sertifikatlash va mahsulot diversifikatsiyasi B2B munosabatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgani aniqlandi. Tayyor mahsulotlar ulushining ortishi qoʻshimcha qiymat yaratish imkoniyatlarini kengaytirgani baholandi. Tadqiqot natijalari toʻqimachilik sanoatining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga oid amaliy xulosalarni shakllantirdi.
B2B bozori, toʻqimachilik sanoati, eksport, klaster integratsiyasi, raqamli transformatsiya, qiymat zanjiri, raqobatbardoshlik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.