Marketing Issue 6 (2026) · pp. 84-90
SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIYOTIDAGI TARKIBIY O‘ZGARISHLAR TAHLILI
Toʻrayev Baxtiyor Ergashevich
Abstract
Mazkur tadqiqotda Surxondaryo viloyati iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlar va tumanlar kesimidagi iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Yalpi hududiy mahsulot tarkibida qishloq xoʻjaligi ulushining kamayishi, sanoat va xizmatlar ulushining ortishi asosida iqtisodiyotning diversifikatsiyalanish jarayoni baholandi. Tasviriy statistika hamda proporsional taqsimlash usullari yordamida hududiy rivojlanish tendensiyalari aniqlandi. Tadqiqot natijalari iqtisodiy oʻsishning barqaror yoʻnalishlarini va hudud iqtisodiyotining tarkibiy transformatsiyasini tasdiqladi.
yalpi hududiy mahsulot, diversifikatsiya, tarkibiy oʻzgarishlar, iqtisodiy oʻsish, tasviriy statistika, proporsional taqsimlash, Surxondaryo viloyati, hududiy rivojlanish.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.