Marketing Issue 6 (2026) · pp. 98-103
TAʼLIM MARKAZI RAQOBATBARDOSHLIGI VA NUFUZINI OSHIRISHDA MALAKALI XODIMLARNING AHAMIYATINI BAHOLASH
Razzoqova Zebo Xusniddinovna
Abstract
Mazkur tadqiqotda taʼlim markazlari raqobatbardoshligi va nufuzini shakllantirishda malakali xodimlarning ahamiyati baholandi. Xodimlar malakasi, oʻquvchilarni ushlab qolish darajasi, mijozlar mamnuniyati va taʼlim markazi obroʻsi oʻrtasidagi bogʻliqlik empirik maʼlumotlar asosida tahlil qilindi. Taʼlim markazlarining raqobat ustunligini taʼminlashda inson kapitalining oʻrni aniqlandi. Tadqiqot natijasida xodimlar malakasini rivojlantirish, kadrlar barqarorligini taʼminlash va taʼlim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
taʼlim markazi, malakali xodim, inson kapitali, raqobatbardoshlik, nufuz, kadrlar salohiyati, taʼlim sifati, mijozlar mamnuniyati.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.