Marketing № 6 (2026) · Саҳифаҳои 77-83
TEMIR YOʻL TRANSPORTI TARMOGʻINI INNOVATSION MODERNIZATSIYA QILISHNING IQTISODIY VA MOLIYAVIY OMILLARI
Bekbayeva Feruza
Аннотатсия
Mazkur tadqiqotda temir yoʻl transporti tarmogʻini innovatsion modernizatsiya qilishning iqtisodiy va moliyaviy omillari tahlil qilindi. Institutsional islohotlar, elektrlashtirish, raqamli boshqaruv va investitsiya manbalarini diversifikatsiya qilishning tarmoq rivojlanishiga taʼsiri baholandi. Milliy va xalqaro tajribalar qiyosiy oʻrganildi. Temir yoʻl transportida daromadlilikni oshirish, operatsion samaradorlikni kuchaytirish va tranzit salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlandi. Tadqiqot natijasida modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
temir yoʻl transporti, modernizatsiya, investitsiya, elektrlashtirish, raqamlashtirish, tranzit salohiyati, moliyaviy samaradorlik, institutsional islohotlar.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.