Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 4 (2026) · pp. 180-184
MAXSUS PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARINI KASBIY YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK MAZMUNI
Mirzayeva, Nargizoy, Мирзаева, Наргизой, Mirzaeva, Nargizoy
Abstract
Mazkur maqolada maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini kasbiy yo‘naltirishning pedagogik mazmuni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Kasbiy yo‘naltirish talabalarning kelajakdagi pedagogik faoliyatga ongli tayyorlanishi, kasbiy motivatsiyasi va ixtisoslikka nisbatan barqaror qiziqishini shakllantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada maxsus pedagogning kasbiy kompetensiyalari, jumladan, inklyuziv ta’limni tashkil etish, individual yondashuvni amalga oshirish, diagnostik va korreksion faoliyatni olib borish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, talabalarni kasbiy yo‘naltirishda shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va amaliyotga asoslangan yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari samarali tashkil etilgan pedagogik sharoitlar talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
kasbiy yo‘naltirish, maxsus pedagogika, pedagogik mazmun, kasbiy kompetensiya, inklyuziv ta’lim, individual yondashuv, motivatsiya, pedagogik tayyorgarlik, ta’lim samaradorligi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.