Хорижий лингвистика ва лингводидактика Том 4 № 5 (2026) · с. 20-24
“NAHJ UL-FARODIS” ASARIDA FORS-TOJIK O‘ZLASHMALAR: MORFOLOGIK VA SEMANTIK-STATISTIK TAHLIL
Norkuzieva, Zebo, Норкузиева, Зебо, Norquziyeva, Zebo
Аннотация
Mazkur maqolada XIV asr yozma yodgorligi — “Nahj ul-farodis” asarida uchraydigan fors-tojik o‘zlashmalarining morfologik va semantik-statistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida asar leksikasidagi fors-tojik qatlam aniqlanib, ularning umumiy ulushi, so‘z turkumlari bo‘yicha taqsimoti hamda grammatik moslashuv xususiyatlari o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur o‘zlashmalar asosan ot va sifat turkumlarida jamlangan bo‘lib, nominativ va tavsiflovchi funksiyalarni bajaradi. Shuningdek, ular turkiy affikslar orqali morfologik moslashuvga uchragani aniqlandi. Semantik jihatdan esa ushbu birliklar diniy, ijtimoiy va ruhiy tushunchalarni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari o‘rta asr turkiy adabiy tilining shakllanishida til kontaktlari va o‘zaro ta’sir jarayonlarining ahamiyatini ko‘rsatadi.
“Nahj ul-farodis”, fors-tojik o‘zlashmalar, leksik qatlam, morfologik moslashuv, semantik tahlil, statistik tahlil, turkiy til, o‘rta asr adabiy tili.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.