Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 24-32
MAKTABGACHA YOSHDAGI TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALAR BILAN KORREKSION ISHLAR MAZMUNI
Turaboeva, Sitora, Турабоева, Ситора, Turaboyeva, Sitora
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar (dislaliya)ning kelib chiqish sabablari, turlari hamda ularni bartaraf etishning korreksion-logopedik ishlar mazmuni yoritilgan. Tadqiqotda artikulyatsion apparatning tuzilishi va funksional holati, fonematik idrokning rivojlanish darajasi hamda ijtimoiy-pedagogik omillarning nutq rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish oqibatida yuzaga keladigan yozma va og‘zaki nutq buzilishlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada korreksion ishlarning asosiy yo‘nalishlari — artikulyatsion gimnastika, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlarni differensiallash va avtomatlashtirish jarayonlari tizimli ravishda bayon etilgan. Ayniqsa, R va L tovushlarini shakllantirishda qo‘llaniladigan amaliy mashqlar, o‘yin texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarning samaradorligi asoslab berilgan.
dislaliya, tovush talaffuzi, artikulyatsiya, fonematik idrok, logopedik korreksiya, maktabgacha yosh, nutq buzilishlari, artikulyatsion gimnastika, differensiasiya, avtomatlashtirish, innovatsion metodlar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.