Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 4 (2026) · Саҳифаҳои 483-489
SHARQ TAFAKKURIDA SAMARQAND
Mustafakulova, Zarifa, Мустафакулова, Зарифа, Mustafaqulova, Zarifa
Аннотатсия
Mazkur maqolada Sharq adabiyoti va tarixiy tafakkurida Samarqand obrazining ikki muhim siymo - Iskandar va Amir Temur timsollari orqali shakllanishi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Iskandar obrazining Nizomiy, Jomiy va Alisher Navoiy asarlarida adolat, ilm, ma’rifat va ideal jamiyat g‘oyalari bilan bog‘liq ramziy-ma’naviy timsol sifatida talqin etilishi yoritiladi. Shu bilan birga, Amir Temur faoliyati misolida Samarqandning real tarixiy makonda siyosiy, madaniy, me’moriy va ma’naviy markaz sifatida qayta bunyod etilishi tahlil qilinadi. Maqolada Samarqand faqat geografik yoki tarixiy makon emas, balki badiiy tafakkur va tarixiy xotira tutashgan ma’naviy markaz ekani asoslanadi. Natijada Iskandarning ramziy orzusi bilan Temurning amaliy bunyodkorlik siyosati o‘rtasidagi g‘oyaviy uyg‘unlik ochib beriladi.
badiiy talqin,tarixiy voqelikideal jamiyat,adolat,ma’rifat,hukmdor timsoli,shahar obrazi,Sharq mumtoz adabiyoti.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.