Marketing № 1 (2025) · с. 36-52
TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI RAQAMLI PASPORTINI YARATISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
Xakimov Ziyodulla Axmadovich, Raximov Furqat Jalolovich
Аннотация
Mazkur maqolada to‘qimachilik sanoatining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan strategik imkoniyatlari aniqlangan. Jahon sanoatida shakllangan yangi barqarorlik konsepsiyalariga O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini moslashuvchan mexanizmlar orqali uyg‘unlashtirish borasida takliflar ilgari surilgan. Asosiy ilmiy natija sifatida to‘qimachilik mahsulotlari raqamli pasportini yaratish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan. Mazkur mexanizmni joriy etish orqali O‘zbekistonda to‘qimachilik xomashyosini ko‘paytirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.