Marketing Issue 1 (2025) · pp. 118-126
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO YUK TASHUVLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Xoʻjayev Fazliddin Elmurodovich
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tovar va mahsulotlar dinamik aylanmasining asosiy tendensiyalari — globallashuv va integratsiya boʻlib, ular tufayli chet el mamlakatlari va xalqaro bozorlarda oʻz oʻrnini topish imkoniyati, yaʼni chegaralarsiz harakatlanish borgan sari soddalashib bormoqda. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida integratsion guruhlarga birlashgan davlatlarning iqtisodiy oʻsishining jadallashuvi xalqaro aloqalarning intensivlashtirilishiga, savdo hajmi va yuk aylanmasining quvvatini oshirishga turtki boʻlmoqda, bu esa oʻz navbatida transport tarmoqlarining rivojlanishiga olib keladi. Xalqaro yuk tashuvlarini optimallashtirish mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, savdo hajmi va raqobatbardoshlikning oʻsishiga zamin yaratadi. Bugungi kunda barcha mamlakatlar oʻz transport tizimlari va transport xizmatlari bozorini integratsiya qilish borasida jadal ish olib bormoqda.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.