Marketing 1-san (2025) · 182-186-betler
YASHIL IQTISODIYOTNI BAHOLASH INDIKATORLARINI ISHLAB CHIQISHGA ILMIY YONDASHUVLAR
Ulug‘murodov Farxod Faxriddinovich, Ulasheva Sabina Adxam qizi
Annotaciya
Yashil iqtisodiyot – bu ekologik xavflarni kamaytirish va farovonlikni oshirishga qaratilgan yangi rivojlanish paradigmasi. Uning samaradorligini baholash maxsus vositalar va ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Ushbu ishning maqsadi yashil iqtisodiyotni baholashda mavjud yondashuvlarni tizimlashtirish, amalda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va keyingi tadqiqotlarning eng istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashdir. Ishning ilmiy yangiligi yashil iqtisodiyotni baholashning turli jihatlarini har tomonlama tahlil qilish, shuningdek, mavjud metodologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.