Marketing № 10 (2024) · Саҳифаҳои 75-80
HUDUDLARDA ENERGIYA SARFI VA ELEKTR ENERGIYA ISTEʼMOLIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Joʻrayev Farrux Doʻstmirzayevich, Doliyev Shoxabbos Qulmurot oʻgʻli
Аннотатсия
Ushbu maqolada hududlarda energiya sarfi va elektr energiya isteʼmoliga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Hududlar kesimida energiya va elektr energiyasi tizimini oʻrganish, tahlil qilish va ularni ekonometrik modellarini qurish dolzarbligi yoritilgan. Oʻzbekistonda maʼlum yillarda sohalar (ishlab chiqarish, qurilish, kon sanoati, transport va boshqalar) bo‘yicha energiya isteʼmoli koʻrsatkichlari statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilinib, energiya taʼminot tizimini ekonometrik modellarini qurish mumkinligi koʻrsatilgan. Bundan tashqari, uy xoʻjaliklarida energiya sifatida ishlatiladigan elektr energiya, tabiiy gaz, neft mahsuloti, birlamchi koʻmir va torf mahsulotlari isteʼmolining maʼlum yillar kesimida oʻsish foiz qiymatlari aniqlangan.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.