Marketing 10-son (2024) · 130-136-betlar
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA REAL DAROMADLARINI OSHIRISHDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI ROLINI BAHOLASH
Elov Olimjon Komilovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonidagi o‘zgarishlarning bandlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan. Uning umumiy bandlik hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida band bo‘lganlar soniga ta’siri korrelyatsion-regression tahlillar asosida baholangan. Shuningdek, bandlikni ta’minlashning muhim natijasi bo‘lgan jon boshiga real daromadlarga kichik tadbirkorlik subyektlari sonidagi o‘zgarishlar ta’siri baholangan. Olingan natijalarga tayanilgan holda, mintaqada kichik tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish va bandlikni ta’minlashdagi rolini oshirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.