Marketing 10-san (2024) · 337-345-betler
RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH: YAPONIYA TAJRIBASI VA OʻZBEKISTONDA QOʻLLASH ISTIQBOLLARI
Baqoyeva Gulbahor Matyoqubovna
Annotaciya
Qimmatli qogʻozlar bozorining rivojlanishi iqtisodiyotning barqaror oʻsishida muhim rol oʻynaydi, chunki bu bozor korporativ moliyalashtirishning asosiy manbalari va investitsiyalarni jalb qilishning muhim vositalaridan biridir. Qimmatli qogʻozlar bozori korxonalar, hukumatlar va boshqa tashkilotlar uchun mablagʻ yigʻishning asosiy usuli hisoblanadi. Shu bilan birga, bu bozor investorlarga turli xil investitsiya vositalari orqali mablagʻlarini koʻpaytirish imkonini beradi. Xorijiy tajribaga nazar tashlasak, qimmatli qogʻozlar bozorining rivojlanishi koʻplab omillarga bogʻliq ekanini koʻrish mumkin, jumladan qonunchilik bazasi, infratuzilma, shaffoflik darajasi va boshqaruv tizimlari.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.