Marketing 10-son (2024) · 361-367-betlar
OʻZBEKISTONDA PUL — KREDIT MEXANIZMI VA UNING DASTAKLARINI IQTISODIY FAOLLIKNI TAʼMINLASHGA YOʻNALTIRISH
Tuychiyev Alisher Juraevich, Nazarov Dilshat Primqulovich
Annotatsiya
Oʻzbekistonda pul-kredit mexanizmi iqtisodiy faollikni taʼminlashning asosiy omili boʻlib, uning dastaklari moliyaviy barqarorlik, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mexanizm iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan. Samarali pul-kredit siyosati iqtisodiyotning salohiyatidan keskin va davomiy ogʻishining oldini olish va salbiy taʼsirlarni yumshatish choralarini koʻrish imkoniyatlarini yaratadi. Shunga koʻra Oʻzbekistonda pul — kredit siyosatini iqtisodiy faollikni taʼminlashga yoʻnaltirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish muhim tadqiqot yoʻnalishi hisoblanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.