Marketing № 10 (2024) · Саҳифаҳои 390-396
MINTAQA SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI MARKETING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMI
Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli
Аннотатсия
Maqolada mintaqaviy sanoatni rivojlantirishda raqamli marketing samaradorligini oshirish mexanizmlari va savdo kommunikatsiyalarining roli tahlil qilinadi. Mintaqaviy sanoat korxonalari raqobatbardosh bozor sharoitida muvaffaqiyatga erishish uchun marketing faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan mustahkamlashlari zarur. Ushbu maqolada raqamli marketing vositalarini qoʻllash, xususan, onlayn savdo platformalari, tahliliy vositalar va marketing avtomatizatsiyasi orqali sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish yoʻllari koʻrsatilgan. Shuningdek, savdo kommunikatsiyalarining ahamiyati, ular orqali isteʼmolchilar bilan uzluksiz va samarali aloqalar oʻrnatish muhimligi haqida fikr yuritiladi. Maqola mintaqaviy sanoat korxonalarining raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqishda, bozordagi oʻzgaruvchan talablarni tezkor qondirishda va uzoq muddatli raqobatbardoshlikni taʼminlashda raqamli kommunikatsiyaning ahamiyatini taʼkidlaydi. Maqola, shuningdek, raqamli marketingni optimallashtirish va uning natijalarini baholash mexanizmlariga qaratilgan tahlillarni oʻz ichiga oladi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.