Marketing 10-нөмір (2024) · 473-481-беттер
YASHIL ENERGETIKA VA OʻZBEKISTONNING “YASHIL” IQTISODIYOTGA OʻTISH ISTIQBOLLARI
Jahongir Maxmudov Xakim oʻgʻli
Аңдатпа
Mazkur maqola Oʻzbekistonda yashil energetika sohasining rivojlanishi va mamlakatning «yashil» iqtisodiyotga oʻtish istiqbollari tahlil qilingan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – quyosh, shamol, biomassa va gidroenergetika – Oʻzbekistonning energetika sektoridagi asosiy oʻzgarishlar manbai sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada davlat siyosati, investitsiya imkoniyatlari va innovatsiyalarni joriy etish orqali yashil energetikaning iqtisodiy oʻsishiga taʼsiri oʻrganilgan. Shuningdek, ekologik barqarorlikni taʼminlash va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda yashil energetikaning oʻrniga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada mamlakatning global ekologik majburiyatlari, texnik-iqtisodiy jihatlari va milliy imkoniyatlari asosida «yashil» iqtisodiyotga bosqichma-bosqich oʻtish strategiyasi ishlab chiqilgan. Bu jarayonning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik afzalliklari hamda uni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar hamda ularni hal etish yoʻllari koʻrib chiqilgan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.