Marketing 10-son (2024) · 496-503-betlar
JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN SOLIQLARNI OSHIRISHGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARNING EKONOMETRIK TAHLILI HAMDA ULARNI MODELLASHTIRISH
Babayev Shavkat Bayramovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar hajmiga taʼsir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar ekonometrik yondashuvlar yordamida tahlil qilindi. Tadqiqotda oʻrtacha ish haqi, bandlik darajasi, inflyatsiya, norasmiy sektor ulushi va soliq maʼmurchiligi samaradorligi kabi koʻrsatkichlar asosiy determinantlar sifatida baholandi. Panel maʼlumotlar va koʻp omilli regressiya modellari yordamida omillar taʼsirining miqdoriy oʻlchamlari aniqlanib, soliqlar tushumlarini oshirish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlar belgilandi. Natijalar soliqlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, soliq bazasini kengaytirish va fiskal barqarorlikni taʼminlash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.