Marketing 10-нөмір (2024) · 504-513-беттер
DAVLAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINING TARKIBIY QISMLARINI ANIQLASHGA YONDASHUVLARNI ISHLAB CHIQISH
Karimov Javlon Koʻziyevich
Аңдатпа
Maqolada davlat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy qismlarini aniqlash bo‘yicha nazariy-metodologik yondashuvlarni ishlab chiqish masalalari chuqur tadqiq etilgan. Davlat iqtisodiy xavfsizligi tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uning iqtisodiyot barqarorligi va milliy xavfsizlikni taʼminlashdagi ahamiyati asoslangan. Muallif iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy qismlarini aniqlashda mavjud ilmiy yondashuvlarni tahlil qilib, ularning kuchli va zaif tomonlarini tizimli ravishda yoritib bergan. Tadqiqotda davlat iqtisodiy xavfsizligini baholash mezonlari va indikatorlarini shakllantirish zarurati ilmiy asoslanib, ularning amaliy ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan. Bundan tashqari, iqtisodiy xavfsizlikka taʼsir qiluvchi xavf-xatarlar, tahdidlar va zaif tomonlar aniq misollar asosida tahlil etilgan. Xavfsizlik komponentlarini samarali aniqlash orqali yuzaga keladigan iqtisodiy tahdidlarni kamaytirish hamda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, maqola yakunida davlat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.