Marketing 10-san (2024) · 514-519-betler
MINTAQA STATISTIK TADQIQOTLAR SUBYEKTI SIFATIDA
Sattorov Sanjar Abdumurodovich
Annotaciya
Maqolada mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy va institutsional tizim sifatidagi koʻp qirrali mohiyatidan kelib chiqqan holda statistik oʻrganishga kompleks yondashuv zarurligi asoslab berilgan. Hududiy tabaqalashtirishga nisbatan mavjud yondashuvlarni tanqidiy koʻrib chiqish, ularning cheklovlari va rivojlanishning potensial yoʻnalishlari ochib berilgan. Maqolada mintaqaviy statistikaning tavsiflovchi funksiyasidan tahliliy va prognostik funksiyasiga oʻtish zarurligi ta’kidlangan, bu esa uslubiy vositalarni takomillashtirish, koʻrsatkichlar tizimini kengaytirish va fanlararo yondashuvlarni joriy etishni taqozo etadi. Ishda shakllantirilgan nazariy va uslubiy qoidalar keyingi amaliy tadqiqotlar va mintaqaviy siyosatni statistik ta’minlashni rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.