Marketing Issue 10 (2024) · pp. 555-565
TEMIR YOʻL TRANSPORTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Raximov Xasan Shukurjonovich
Abstract
Mazkur maqolada temir yoʻl transportining iqtisodiy koʻrsatkichlari tahlil qilinib, Oʻzbekiston sharoitida transport xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transport tizimining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari kompleks tahlil qilinib, transport xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar oʻrganilgan. Maqolada xalqaro va mahalliy tajribaning muhim jihatlari tahlil etilib, temir yoʻl transportining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari — yuk va yoʻlovchi tashish hajmi, daromadlar oʻsishi hamda xarajatlar rentabelligi boʻyicha statistik maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari yoritilgan. Xalqaro va milliy tajribani tahlil qilish asosida temir yoʻl transporti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.