Marketing 8-сан (2024) · 246-255-беттер
OʻZBEKTELEKOM AKSIYADORLIK KONPANIYASI FAOLIYATIDA XIZMAT KOʻRSATISH SAMARADORLIGI TAHLILI
Ibadullayev Sanjar Sodiqmuratovich
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi "Oʻzbektelekom" AK faoliyatini tahlil qilishga bagʻishlangan boʻlib, u asosan xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish yoʻnalishlarini oʻrganadi. Maqolada telekommunikatsiya sohasida yuqori sifatli xizmatlar koʻrsatish, mijozlarning qoniqish darajasini oshirish hamda raqobatda ustunlikka erishish uchun muhim boʻlgan omillar muhokama qilingan. Tahlil asosida "Oʻzbektelekom" AK faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, internet tezligi va barqarorligini oshirish, mijozlar uchun onlayn platforma va mobil ilovalarni takomillashtirish kabi strategiyalar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada kompaniyaning moliyaviy natijalari, xizmatlar segmenti boʻyicha daromadlar oʻsishi va import xizmatlari xarajatlari foydaga taʼsiri tahlil qilingan. Moliyaviy prognozlash va daromadlarni optimallashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.