Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 5-нөмір (2026) · 125-129-беттер
DISKURS MARKERLARNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING INGLIZ HAMDA O‘ZBEK TILLARIDAGI QO‘LLANILISHI
Ne'matova, Mukhlisakhon, Неъматова, Мухлисахон, Ne’matova, Muhlisaxon
Аңдатпа
Mazkur maqolada diskurs markerlarning lingvopragmatik xususiyatlari keng qamrovda tahlil qilinadi hamda ularning ingliz va o‘zbek tillaridagi strukturaviy, funksional va kommunikativ roli yoritiladi. Tadqiqot Fraser, Schiffrin va Halliday kabi olimlarning zamonaviy pragmatik nazariyalariga, shuningdek, korpus asosidagi kuzatuvlarga tayangan holda olib borilgan. Maqolada diskurs markerlarning nutqni tashkil etish, nutq egasining kommunikativ niyatini ifodalash, muloqotni boshqarish hamda koherensiya va koheziyani ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning turli kommunikativ vaziyatlarda kontekstga bog‘liq holda ko‘p funksiyali qo‘llanishi hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘xshash va farqli jihatlari yoritib beriladi.
diskurs markerlar, pragmatika, nutq izchilligi, demak, ya’ni, aslida, xullas, lingvopragmatika, korpus tahlili.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.