Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 224-234-betlar
JANUB ADABIYOTIDA “AMERIKA” OBRAZINI O‘RGANISHGA DOIR NAZARIY YONDASHUVLAR
Mulekova, Linara, Мулекова, Линара, Mulekova, Linara
Annotatsiya
Mazkur maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubiy hududlaridagi adabiyotida shakllangan “Amerika” milliy obrazining tadqiqiy muammosi tarixiy-adabiy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda janubga xos adabiy-intellektual anʼanada “Amerika” konsepsiyasining o‘ziga xos chegaraviy tabiati, uning badiiy matnlarda qurilish mexanizmlari va evolyutsion bosqichlari yoritiladi. Maqolada imagologiya, mifokritika va postkolonial tadqiqotlar metodologik asos sifatida qo‘llanilgan. Natijalarda Janub Renessansi davridan hozirgi kungacha kechgan ilmiy refleksiyaning to‘rt bosqichi apologetik, formalistik-akademik, madaniyatshunoslik va dekonstruktiv bosqichlar atroflicha tahlil etiladi. Adabiy tahlilda Uilyam Folkner, Allen Teyt, Robert Penn Uorren, Flanneri O‘Konnor kabi yozuvchilarning asarlaridan olingan parchalar vositasida “Amerika” obrazining badiiy evolyutsiyasi va uning fobiya, filiya hamda utopiya elementlarini uyg‘unlashtirgan gibrid tabiati ochib berilgan. Maqola janub adabiyotidagi “Amerika” obrazini bir millat ichidagi “ichki o‘zga” muammosi sifatida qayta konseptuallashtirish zarurligini asoslaydi.
Janub adabiyoti, Amerika obrazi, imagologiya, mifokritika, postkolonializm, Janub Renessansi, milliy o‘zlik, geterostereotip, avtostereotip
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.