Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 5-сан (2026) · 95-100-беттер
UMUMTURKIY DOSTONLARDA ALP QIZLAR TIMSOLI MUSHTARAKLIGI VA ULARNI O‘RGATISHNING TAHLILIY-METODIK IMKONIYATLARI
Khaidarov, Mironshokh, Хайдаров, Мироншох, Xaydarov, Mironshox
Аннотация
Ushbu maqolada umumturkiy dostonchilik an’anasida o‘ziga xos o‘rin tutuvchi “alp qizlar” timsolining qadimiy ildizlari, badiiy o‘xshashliklari va dostonlar syujetidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘zbek, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq va o‘g‘uz xalq qahramonlik eposlari misolida ayol qahramonlarning mardlik va oqilalik fazilatlari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, oliy ta’lim jarayonida talabalarning milliy qadriyatlar haqidagi bilimini boyitishda mazkur obrazlarni o‘qitishning samarali metodik yo‘llari va tahliliy imkoniyatlari ilmiy asoslab berilgan.
Alp qiz, turkiy og‘zaki ijod, qiyosiy tahlil, badiiy timsol, dostonchilik, ta’limiy tahlil, milliy qadriyat, qahramonlik eposi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.