Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 107-111
ABDULLA QODIRIYNING "MEHROBDAN CHAYON" ROMANIDA JAHON NASRIGA XOS TARIXIYLIK VA REALIZM
Temirova, Muattar, Темирова, Муаттар, Temirova, Muattar
Abstract
Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida jahon nasriga xos tarixiylik va realizm tamoyillarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy roman janrining nazariy asoslari, tarixiylik prinsipining romandagi namoyon boʻlish shakllari, shuningdek, realizm usulining asosiy belgilari – tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlash, ijtimoiy ziddiyatlarni ochiq yoritish, xalq tilining boy imkoniyatlaridan foydalanish kabi jihatlar oʻrganilgan. Qodiriy romanda Qoʻqon xonligining soʻnggi yillaridagi real tarixiy shaxslar (Amir Umarxon, Madalixon, Xudoyorxon) va voqealarni badiiy talqin qilgan holda, ularni xalq hayotining barcha qatlamlari bilan uzviy bogʻliq holda tasvirlagan. Romanda zakot tizimi, majburiy mehnat, soliq zulmi kabi ijtimoiy muammolar oddiy qahramonlar taqdiri orqali umumlashtirilgan holda aks ettirilgan. Shuningdek, maqolada Qodiriy asarining tili va uslubi realizm talablariga qanchalik javob berishi, har bir qahramonning oʻz ijtimoiy tabaqasi va xarakteriga mos tilda soʻzlashishi tahlil qilingan.
tarixiylik, realizm, Abdulla Qodiriy,
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.