Marketing Issue 6 (2024) · pp. 36-43
OMBORLARDA LOGISTIKA JARAYONLARINI BOSHQARISHNIНИНГ XORIJИЙ TAJRIBAЛАРИ
Boymatov Oʻtkirbek Tilovmurod oʻgʻli
Abstract
Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri boʻlgan logistika tizimi juda muhim ahamiyatga ega ekanligi ushbu maqolada tadqiq qilingan. Samarador logistika tizimi ichki bozorda tayyor mahsulot va xom-ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va arzon narxlarda yetkazib berilishini taʼminlaydi, bozordagi raqobatni ragʻbatlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador logistika tizimini tashkil qilish juda ham muhim. Hozirgi paytda tovarlarni saqlash va tashish logistika faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularni amalga oshirish qiymati kompaniyaning logistika xarajatlarining 12% dan 40% gacha qismini oʻz ichiga oladi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.