Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 191-198-betlar
RAQAMLI TRANSFORMATSIYALAR SHAROITIDA TURIZM TA’LIMIDA SINERGETIK YONDASHUV ASOSIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI
Absamadova, Munira, Абсамадова, Мунира, Absamadova, Munira
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli transformatsiyalar sharoitida turizm ta’limida sinergetik yondashuv asosida raqamli texnologiyalar integratsiyasining pedagogik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotda turizm yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarda nazariy bilimlar va amaliy kasbiy ko‘nikmalar o‘rtasidagi uzilish hamda raqamli vositalarning metodik jihatdan yetarli darajada uyg‘unlashtirilmaganligi muammo sifatida asoslab beriladi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida sinergetik tamoyillarga asoslangan va sun’iy intellekt, virtual reallik hamda interaktiv platformalarni o‘z ichiga olgan integrativ didaktik model taklif etiladi. Mazkur model ta’lim jarayonidagi komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni kuchaytirish orqali talabalarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Tajriba-sinov natijalari model asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonida talabalarning faolligi, mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalari sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari turizm ta’limida raqamli texnologiyalarni tizimli va samarali joriy etish uchun metodik asos sifatida xizmat qiladi.
Raqamli transformatsiya, sinergetik yondashuv, turizm ta’limi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, virtual reallik, kasbiy kompetensiya, didaktik model
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.