Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 5-сан (2026) · 306-310-беттер
NEMIS VA O‘ZBEK TIL MANZARALARIDA EPITETLARNING MILLIY-MADANIY OBRAZLILIGI: QIYOSIY LINGVOMADANIY TAHLIL
Alimova, Dildora, Алимова, Дилдора, Alimova, Dildora
Аннотация
Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi epitetlarning milliy-madaniy obrazliligi qiyosiy-lingvomadaniy usul asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi ikkala til materialidagi epitetik birliklarning semantik-pragmatik xususiyatlarini, aksiologik yo‘nalishini hamda madaniy-kognitiv modellarini aniqlashdan iborat. Tahlil natijalariga ko‘ra, nemis epitetikasi normativ ixchamlik va institutsional kodlashga moyil bo‘lsa, o‘zbek epitetikasi sezgiy-tanaviy va madaniy jihatdan to‘yingan obrazlarni afzal ko‘radi. Universallik va madaniy o‘ziga xoslik o‘rtasidagi bu muvozanat tarjimashunoslik va lisonaviy madaniyatshunoslik uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
epitet, lingvomadaniy tahlil, qiyosiy tilshunoslik, milliy obrazlilik, aksiologiya, sezgiy metafora.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.