Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-tom 5-san (2026) · 356-362-betler
EKOLOGIK DISKURSDA TIL MEYORI VA LISONIY DEVIATSIYALAR MUNOSABATI : (LINGVOEKOLOGIK ASPEKT)
Akhmedova, Mukhayyokhon, Ахмедова, Мухайёхон, Axmedova, Muxayyoxon
Annotaciya
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan lingvoekologiya kontekstida til meyori va lisoniy deviatsiyalar o‘rtasidagi dialektik munosabatlar tadqiq etilgan. Ekologik va maishiy diskurs materiallari asosida fonografik, grafik, leksik va semantik deviatsiyalarning funksional-pragmatik xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda sheva xususiyatlariga asoslangan fonetik deviatsiyalar (ariq $\rightarrow$ oriq, shamol $\rightarrow$ shomol), «yomg‘ir/yog‘mir» so‘zining tarixiy-etimologik deviatlashuvi, raqamli media muhitdagi grafik deviatsiyalar (Caps Lock, ramziy bosh harflar), «trans-» formantining semantik evolyutsiyasi hamda maishiy nutqdagi emotsional-baholovchi birliklar ilmiy tahlilga tortilgan. Muallif lisoniy deviatsiyalarni tilning inqirozi emas, balki uning yangi voqelikka moslashish va boyish omili sifatida asoslab bergan.
lingvoekologiya, ekologik diskurs, maishiy diskurs, til meyori, fonografik deviatsiya, grafik deviatsiya, leksik innovatsiya, okkazionalizm, konnotatsiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.