Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 553-556
SAFO MUG‘ANNIY IJODIDA MUSALLAS SHE’R SHAKLI
Ashirova, Makhbuba, Аширова, Махбуба, Ashirova, Maxbuba
Abstract
Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan xorazmlik shoir Safo Mug‘anniy ijodiga oid musallas shakliga oid she’r tahlilga tortilgan. She’rda shakl va mazmun jihatidan yuz bergan yangilanishlar ochib beriladi. O‘zbek adabiyotida musallas shaklida sanoqli she’rlar yozilgan bo‘lib, Safo Mug‘anniy musallasi maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziy tomonidan yaratilgan musallas shaklidagi she’r bilan qiyoslanadi hamda an’ana va o‘ziga xosliklar yoritiladi.
Musammat, musallas, Safo Mug‘anniy, barmoq vazni, ma’rifatparvarlik g‘oyasi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.