Marketing (2025) · 38-41-betlar
OLIY TAʼLIM TASHKILOTLARIDA OʻQITISH XIZMATLARI MARKETINGI HISOBINI TASHKIL ETISH
Abdujalilova Dilnoz Abdusattorovna
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish xizmatlari hisobini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari oʻrganildi. Oʻqitish xizmatlari uchun toʻlovlar (kontrakt, qoʻshimcha kurslar, grantlar, homiylik mablagʻlari) hisobini yuritishning asosiy jihatlari koʻrib chiqildi. Xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlari, tajribalari oʻrganildi hamda ular asosida Oʻzbekistondagi amaliyotning ustuvor va muammoli jihatlari koʻrsatilib, taʼlim xizmatlari hisobi samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.