Marketing (2025) · 181-185-betlar
KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMIDA INNOVATSION YONDASHUVLARNI BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYALARI BILAN INTEGRATSIYALASHTIRISH
Ismailov Allayor Rashidovich
Annotatsiya
Maqolada korporativ boshqaruv tizimini innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda uni barqaror rivojlanish strategiyalari bilan integratsiya qilish masalalari ilmiy tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda kompaniyalar raqobatbardoshligini taʼminlash, aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va uzoq muddatli qiymat yaratishda innovatsion menejment usullaridan samarali foydalanish muhim omil sifatida qayd etilgan. Tadqiqot doirasida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari — strategik innovatsiyalar, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlovchi mexanizmlar, manfaatdor tomonlar bilan konstruktiv muloqot hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlovchi faktorlar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, innovatsion yondashuvlarning korporativ madaniyatni shakllantirish va strategik qaror qabul qilish jarayonlariga ijobiy taʼsiri koʻrsatilib, ularning kompaniyalarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.