Marketing (2025) · 344-347-betler
OLIY TAʼLIM TASHKILOTLARIDA AKADEMIK FAOLIYATNI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ixtiyorov Bekzod Zulfiqor oʻgʻli
Annotaciya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlarida akademik faoliyatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda akademik avtonomiyani kuchaytirish, natijaviylikka asoslangan moliyalashtirish modeli, innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish, ilmiy salohiyatni ragʻbatlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi asoslab berilgan. Mazkur mexanizmlar uygʻun holda qoʻllanilganda oliy taʼlim sifatini oshirish, professor-oʻqituvchilar samaradorligini kuchaytirish va ilmiy natijadorlikni yaxshilashga imkon yaratadi. Tahlil natijalari oliy taʼlim tizimida barqaror boshqaruv va raqobatbardoshlikni taʼminlash uchun amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.